AsosiyDunyo
5232

Angliyada 350 yil avvalgi yong`in xotirasiga bag`ishlab London shahrining yog`och maketi yoqildi

Britaniya poytaxtidagi Temza daryosida eski London shahrining yog`ochdan yasalgan 120 metrli maketi yoqib yuborildi. Bu harakat 1666 yilda yuz bergan yirik yong`in xotirasiga bag`ishlandi, deb yozadi “Tjournal”.

Mazkur loyiha muallifi amerikalik Devid Bestu bo`ldi. unga mahalliy aholi vakillaridan ko`ngillilar yordam berdi. London shahrining 18-asrdagi ko`rinishini eslatuvchi maket bundan 350 yil muqaddam yuz bergan yong`in xotirasiga bag`ishlandi. Sahnalashtirilgan yong`inni ko`rish uchun yuzlab tomoshabinlar yig`ildi. 

Londondagi yirik yong`in 1666 yilning 2 sentyabrida boshlangan edi. Yong`in 4 kun davom etgan. O`shanda shahardagi ko`plab uylar yonib ketgan, 100 minglab insonlar boshpanasiz qolgan va shaharni yangidan qurishga to`g`ri kelgan edi.

Boshqa yangiliklar