O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev "500 nafar eng nufuzli musulmonlar" ro`yxatidan joy oldi.
Mazkur ro`yxat musulmon dunyosida siyosiy, iqtisodiy, diniy hamda madaniy kabi umumiy 13 ta yo`nalish bo`yicha o`z ta`siriga ega bo`lgan musulmon shaxslarni aniqlab boradi.
O`z navbatida, ushbu ro`yxatdan bir qator davlat rahbarlari — Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an, Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev, Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham o`rin olgan.
Ma`lumot o`rnida, "500 nafar eng nufuzli musulmonlar" jurnali 2009 yildan buyon yilda bir marta nashr etib kelinadi.
10.11.2022 05:07
⚡️Shavkat Mirziyoev "500 nafar eng nufuzli musulmonlar" ro`yxatidan joy oldi






