AsosiyJamiyat

Endi yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi

'Endi yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi'ning rasmi

"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Farmon bilan davlat tomonidan tadbirkorlikni tartibga solishning cheklangan vositalari belgilandi.

Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalari faqat normativ-huquqiy va texnik normativ hujjatlar asosida joriy etiladi.

Bunday hujjatlarda belgilanmagan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

2023 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:

▫️tadbirkorlar ustav fondini kamaytirishga oid qaror to`g`risida kreditorlarni yozma xabardor qilish va OAVda e`lon berish;

▫️yangi import avtomobillarini faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari tomonidan sotish;

▫️elektrni shartnomadagi hajmdan ko`p ishlatgan yuridik shaxslarga elektr etkazib berishni to`xtatib qo`yish;

▫️YaTT tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali soliq organlarida alohida hisobga qo`yish.

2023 yil 1 martdan:

▫️soliq to`lovchilarga sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo`yicha qarorlar ustidan to`g`ridan-to`g`ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi;

▫️barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali tijorat xizmatlarini ko`rsatishga ruxsat beriladi;

▫️Hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladigan summasi BHMning 3 500 baravari va undan ko`p davlat xaridlari bo`yicha buyurtmalar to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo`l qo`yilmaydi;

▫️vazirlik, idora, muassasa va uning tarkibidagi tashkilot o`rtasida qiymati BHMning 3 500 baravari va undan ko`p tovarlarning to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha xarid qilinishi taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar