AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Vengriya o`rtasida Investision fond tashkil etiladi

'O`zbekiston va Vengriya o`rtasida Investision fond tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston —  Vengriya o`rtasida Investision fond tashkil etiladi.

Bu haqda biz avval xabar bergan “O`zbekiston-Vengriya” biznes-forumi davomida Vengriya tashqi savdo va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto axborot berdi.

Vazir yig`ilishda, shuningdek, hamkorlik davomida muqobil energiya manbalarini ko`rib chiqish, havo alqalari rivojlantirish hamda o`zbek talabarini Venriyada ta`lim olishlari mumkinligini ta`kidlab o`tdi.

Tashqi savdo va tashqi ishlar vaziri, shu jumladan,  hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanini bildirdi.

"O`zbekistonga taklif etganingiz uchun rahmat va men bugungi uchrashuvlarimizning samarali bo`lishiga ishonaman. Hech kimga sir emas, so`nggi yillarda butun dunyo global muammolar girdobida qoldi. Oxirgi uch yil ichida amalga oshirayotgan islohotlarimiz ham juda tez o`zgarib boryapti. Buning natijasida iqtisodiyotimizning asoslari ham boshqacha tus olyapti. Mana shunday murakkab vaziyatlarda davlatlarimiz o`rtasida do`stona munosabatlarni ta`minlash juda muhim. Biz bu aloqalarimizni qadrlaymiz. Vengriya Epropa bo`yicha iqtisodiyoti ochiq bo`lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Shu ma`noda O`zbekiston taklif etayotgan loyihalar, turli imtiyozlarni mamnunlik bilan qabul qilishga, hamkorlikda ish olib borishga tayyormiz. Mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlar barqaror davom etishiga harakat qilamiz", - deydi Peter Siyyarto.

    Boshqa yangiliklar