AsosiyJamiyat

Oktyabr oyida O`zbekistonning qaysi hududida eng ko`p chaqaloq tug`ilgani ma`lum qilindi

'Oktyabr oyida O`zbekistonning qaysi hududida eng ko`p chaqaloq tug`ilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning oktyabr oyida respublika bo`yicha 85 306 ta tirik tug`ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.  

 Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 843 taga oshgan.  

 Hududlar kesimida qayd etilgan tug`ilishlar soni:  

— Qoraqalpog`iston R. – 4 199 ta    

— Andijon viloyati – 8 026 ta  

— Buxoro viloyati – 4 313 ta  

— Jizzax viloyati – 3 807 ta    

— Qashqadaryo viloyati – 9 286 ta  

— Navoiy viloyati – 2 186 ta    

— Namangan viloyati – 7 615 ta    

— Samarqand viloyati – 10 272 ta  

— Surxondaryo viloyati – 7 193 ta  

— Sirdaryo viloyati – 1 990 ta  

— Toshkent viloyati – 6 146 ta  

— Farg`ona viloyati – 9 365 ta    

— Xorazm viloyati – 4 800 ta  

— Toshkent shahri – 6 108  tani tashkil etmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar