AsosiyJamiyat

2023 yil 1 martdan unitar korxona tashkil etish to`xtatiladi

'2023 yil 1 martdan unitar korxona tashkil etish to`xtatiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 8 noyabrda qabul qilingan “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, 2023 yil 1 martdan unitar korxona yoki qo`shimcha mas`uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to`xtatiladi.  

 2023 yil 1 apreldan esa MChJ ustav fondiga qo`shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko`p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo`lishi mumkin emas. Yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o`tgan hisoblanadi.  

 2023 yil 1 iyuldan xo`jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to`lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo`zg`atilganligi to`g`risidagi ma`lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e`lon qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar