1

Olimlar ko`zni ravshanlashtiradigan yangi muolaja usulini o`ylab topishdi

Salomatlik 10.11.2022, 15:03
Olimlar ko`zni ravshanlashtiradigan yangi muolaja usulini o`ylab topishdi

Xalqaro tadqiqotchilar guruhi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida yosh bilan bog`liq makulyar degenerasiya ko`z xastaligi xavfini kamaytirish yo`li topildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tajriba sinovlari shuni ko`rsatdiki, organizmda xolesterin moddasining yuqori darajasini davolash yoki qandli diabetning ikkinchi tipini nazorat qilishga mo`ljallangan dori-darmonlarni muntazam iste`mol qilish orqali bu dardga chalinish ehtimolini pasaytirish mumkin.  

Tadqiqotga 50 yoshdan oshgan kishilar jalb etildi. Ular to`rt toifa, ya`ni tanasida xolesterin darajasini pasaytirish, diabetni nazorat qilish, yallig`lanishlarni bartaraf etish yoki tayanch-harakat tizimi xastaliklarini davolash maqsadida dorilar qabul qilayotgan bemorlar orasidan saralab olindi.

Yakunda xolesterin yoki diabetga qarshi qo`llanilgan preparatlar yosh bilan bog`liq makulyar degenerasiyaga chalinish xavfini 22 foizgacha kamaytirishi mumkinligi ma`lum bo`ldi.  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1