1

Samarqand sammiti doirasida 300 nafarga yaqin mahalliy va 70dan ortiq xorijiy san`atkorlar ishtirokida 6 ta tadbir o`tkaziladi

Madaniyat 10.11.2022, 16:47
Samarqand sammiti doirasida 300 nafarga yaqin mahalliy va 70dan ortiq xorijiy san`atkorlar ishtirokida 6 ta tadbir o`tkaziladi

Madaniya vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida brifingda ertaga, 11 noyabr kuni  bo`lib o`tishi kutilayotgan tadbirlar yuzasidan axborot berildi.

Ma`lum qilinishicha, sammit doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan 6 ta madaniy tadbir tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ularga jami 300 nafarga yaqin mahalliy va 70 nafardan ortiq xorijiy san`atkorlar jalb etilmoqda. Turkiy davlatlar tashkilotining a`zo va kuzatuvchi davlatlaridan folklor jamoalarining ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Qayd etilishicha, 9 noyabr holatiga ko`ra, taklif qilingan barcha 6 mamlakatdan xorijiy mehmonlar Samarqand shahriga etib kelgan bo`lib, har bir jamoaga mas`ullar biriktirilgan. Ular sammit doirasidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. 

"Jalb qilingan ijodiy guruhlar a`zolariga barcha kerakli shart-sharoitlar (3 mahal issiq ovqat, transport xizmati va  mehmonxona) yaratilgan. 

Tadbir uchun 6 ta davlatdan 30 komplekt milliy liboslar olib kelindi hamda mazkur liboslar defile o`tkazish uchun taqdim etildi", — deydi Nazarbekov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1