Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Balidagi G20 sammitida qatnashmaydi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Tadbir tashkilotchilaring ta`kidlashicha, Zelenskiy "Ukrainaning ichki ishlari bilan band bo`ladi".
Shuningdek, Kreml ham sammitga Vladimir Putin ham kelmasligini tasdiqladi. Sammit tashkilotchilari har ikkala prezidentning ham juda tig`iz jadvallari borligini, ularning qarorini hurmat qilish kerakligini aytishgan.
Eslatib o`tamiz, Putin va Zelenskiy G20 sammitida ishtirok etishi e`lon qilingan edi.