AsosiyJamiyat

"Keskin global iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqdamiz"

'"Keskin global iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqdamiz"'ning rasmi

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlar sammiti boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoev o`z nutqi davomida TDTga a`zo mamlakatlar o`rtasida umumiy yondashuvlarni belgilab olish, sa`y-harakatlarni uyg`unlashtirish nihoyatda muhimligi haqida gapirdi, deya xabar bermoqda "Darakchi.uz" muxbiri.

"Bugungi kunda barchamiz keskin geosiyosiy ziddiyatlar, global iqtisodiy inqiroz va iqlim o`zgarishining salbiy oqibatlari bilan bog`liq murakkab sinovlarni boshimizdan kechirmoqdamiz", — deydi u.

Uning qayd etishicha, shu sababli hozirgi tahlikali vaziyatda eng dolzarb muammolar echimi bo`yicha davlatlar umumiy yondashuvlarni belgilab olishi, sa`y-harakatlarni uyg`unlashtirishi lozim.

"Biz har qanday qiyinchiliklarni do`stlik, hamkorlik va bir-birimizni qo`llab-quvvatlash orqali engib o`tishga qodirmiz" — deydi Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar