Avval xabar berganimizdek, Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlar sammiti bo`lib o`tmoqda.
Jarayondan "Darakchi.uz" muxbirining xabar berishicha, Prezident Shavkat Mirziyoev 2023 yilni "Turkiy sivilizasiyaning yuksalish yili" qo`llab-quvvatlaganligi uchun rahmat aytdi.
"Turkiy dunyomizning havas qilsa arziydigan buyuk tarixi, ulug` ajdodlari va beqiyos boyliklari bor. Men ishonaman, Turkiy dunyoni buyuk kelajak kutmoqda. Bu kelajakni, hech shubhasiz, mehnatkash, bag`rikeng va olijanob xalqlarimiz bilan birgalikda yaratamiz.Ko`hna Samarqand shahridagi sammitimiz esa, turkiy dunyo sivilizasiyasining zamonaviy tarixida yangi yuksalish bosqichini boshlab beradi. Bugun ana shunday ezgu g`oyani o`zida ifoda etgan samarqand deklarasiyasi ham qabul qilinadi.
Shuningdek, tashkilotimiz doirasida 2023 yilni turkiy sivilizasiyaning yuksalish yili, deb e`lon qilish taklifimizni qo`llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur bildiraman", — deydi O`zbekiston etakchisi.






