AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'O`zbekistonda dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

“O`zgidrlmet” xabariga ko`ra, dam olish kunlari O`zbekiston hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduz kunlari 9-14° iliq bo`ladi.

Yakshanba kuni kechga tomon respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo`yi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda. O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shimolda va cho`l hududlarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ba`zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar