Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov muxbirning Ukrainadagi vaziyatga shaxsiy pozisiyasi qandayligi to`g`risidagi savoliga javob berolmadi.
Jurnalist Ozodbek Nazarbekovga "vazir va butun O`zbekiston hamda xorijga tanilgan san`atkor sifatida Ukrainadagi vaziyatga pozisiyangiz qanday?" deya savol bergan.
"Davlatim, siyosatim qaysi pozisiyada bo`lsa, men ham vazir sifatida aynan o`sha pozisiyani qo`llab-quvvatlayman. Mening shaxsiy fikrimni so`raydigan bo`lsangiz, uyga kelsangiz, qulog`ingizga aytib beraman", — degan madaniyat vaziri.






