O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Samarqandda o`tgan brifingda Kipr Turk Respublikasiga TDT kuzatuvchisi maqomi berilishi haqidagi xabarlarni izohladi, deya xabar berdi Darakchi.uz’ muxbiri.
"Sammit natijasida Shimoliy Kipr bo`yicha alohida qaror imzolanmadi.
O`zbekiston, ayniqsa, davlat suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi masalalarida xalqaro huquq normalariga qat`iy amal qiladi.
Shimoliy Kiprni mustaqil davlat sifatida tan olish haqida gap bo`lishi mumkin emas", - degan Norov.






