O`zgidrometning xabar berishicha, 13-15 noyabr kunlari O`zbekistonning ba`zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
14-16 noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi, ayrim joylarda kuchli yog`ingarchiliklar kuzatiladi. Shu bilan birga, tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.






