O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida"gi Farmoni e`lon qilindi.
Farmon bilan mamlakatimizda tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyatda sog`lom turmush tarzini mustahkamlash borasidagi ko`p yillik samarali mehnati, sog`liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, sohaga doir dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirishga qo`shgan munosib hissasi, yuqori salohiyatga ega mutaxassislarni tayyorlash yo`lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abdumavlonova Nasiba Abduqodirovna- Toshkent viloyati 2-ruhiy kasalliklar shifoxonasining ayollar bo`limi mudiri
Avezov Davlat Qurbanbaevich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi shoshilinch kardiologiya bo`limi mudiri
Mo`minov Xusanboy Najimidinovich - Oltinko`l tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo`limi bolalar anesteziolog-reanimatologi, Andijon viloyati
Abduhakimov Shosaid - Qorako`l tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo`lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi psixiatri, Buxoro viloyati
Muxamedova Mashkura - Respublika qon quyish markazining qon va uning komponentlarini tayyorlash bo`limi transfuziologi
Usmanov Rustam Muzaffarovich - Toshkent shahridagi 3-yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi
Xidirov Abdurasul Nurbaevich - Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasi terapevti, Qashqadaryo viloyati
I darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan
Xakimova Zulfiya Xurmatovna - Toshkent tumanidagi «N.Boymuhamedov» qishloq vrachlik punkti mudiri, Toshkent viloyati
II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan
Abdullaeva Dilorom - G`allaorol tumanidagi 10-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Jizzax viloyati
Abduxolikova Tuxtaposhsho Nurmatovna- Mingbuloq tumanidagi «Qo`g`aliko`l» oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Namangan viloyati
Achilova Gulzora Sayidmuradovna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg`armasi» davlat muassasasining tibbiy-sanitariya bo`limi bolalar yuqumli kasalliklar bo`linmasi mudiri, Navoiy viloyati
Jumabaeva Gulmira Urazimbetovna - Qo`ng`irot tumanidagi 70-oilaviy poliklinikasi mudiri, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Kaxarova Dilorom - Surxondaryo viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazining neonatologiya bo`limi shifokori
Rustamova Dilbara Urushovna - Boyovut tumanidagi 7-oilaviy poliklinikasi mudiri, Sirdaryo viloyati
Yusupova Mexribon Qadamovna - Qo`shko`pir tumanidagi 23-oilaviy poliklinikasi mudiri, Xorazm viloyati
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Aytekov Bakir Shukirlaevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog`iston filiali reanimasiya bo`limi shifokori, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Alimov Daniyar Anvarovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori
Alimova Ashira Uralovna - Sirdaryo tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo`lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi psixiatri, Sirdaryo viloyati
Alixojaeva Nazorat Aripxodjaevna - Furqat tumanidagi «Ingichka» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Farg`ona viloyati
Aripova Matluba Narturaevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo filiali tez tibbiy yordam bo`limi shifokori, Surxondaryo viloyati
Bustonova Gulshoda Ashiralievna - Uchquduq tumani ko`p tarmoqli poliklinikasi dermatovenerologi, Navoiy viloyati
Ikramova Iroda Tashxodjaevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali katta hamshirasi
Madaminov Alisher Askarovich - Xo`jayli tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo`limi travmatologi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Norkuziev Sherali Safaralievich -Samarqand viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazining angioxirurgiya va transplantasiya bo`limi mudiri
Odilova Jamila Kiyamovna - Qashqadaryo viloyati perinatal markazining reanimasiya bo`limi hamshirasi
Ro`zmetova Xaitjon Qalandarovna - Bog`ot tumani tibbiyot birlashmasi terapevti, Xorazm viloyati
Rustamov Baxromkul Suyunovich - Mirzacho`l tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo`limi infeksionisti, Jizzax viloyati
Sultanova Dilbar Xamidullaevna - Nogironligi bo`lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazining funksional diagnostika bo`limi shifokori
Suyumov Azamat Sayfullaevich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantasiyasi bo`limi jarrohi
Xafizova Tuxtaxon Yaxyaevna - Buxoro viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazining gastroenterologiya bo`limi shifokori
Xo`jamberdiev Abdusalom Ubaydullaevich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali yurak-qon tomir xirurgiyasi bo`limi mudiri, Namangan viloyati
Sharobiddinov Faxriddin Rivojiddinovich - To`raqo`rg`on tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi «Shaxand» shoxobchasi shifokori, Namangan viloyati
Yuldashev Abdulaziz Abdumalikovich - Toshkent shahridagi 1-bolalar klinik shifoxonasining reanimasiya bo`limi anesteziolog-reanimatologi
Yakubov Odiljon Nazirovich - Andijon tumanidagi «Haqiqat» oilaviy shifokorlik punkti katta feldsheri, Andijon viloyati
«Do`stlik» ordeni bilan
Azizova Dilbar Basatovna - Namangan viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazining neonatologiya bo`limi shifokori
Allazov Feruz Niyazovich - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali patomorfologiya bo`limi mudiri, Samarqand viloyati
Dimitrova Tatyana Ivanovna - U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab shifoxonasi katta hamshirasi
Iskandarova Sayyoraxon Mutalibovna - Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasining qon quyish bo`limi hamshirasi, Farg`ona viloyati
Kaipov Saparbay Urazbaevich - Chimboy tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo`limi jarrohi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Prudskova Tatyana Nikolaevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali terapiya bo`limi kardiologi, Jizzax viloyati
Xaymatov Yo`lchivoy Yormatovich - Parkent tumani tibbiyot birlashmasining reanimasiya bo`limi mudiri, Toshkent viloyati
Sharapov Saypulla Erkaevich - Mirishkor tumanidagi «Chandir» qishloq shifoxonasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati
Yugay Igor Aleksandrovich - Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi neyroxirurgi
Yusupova Bates Adenbaevna - Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasi bolalar allergonevrologiya bo`limi kichik tibbiy xodimi
«Sog`lom turmush» medali bilan
Ashurova Manzuraxon Djaloldinovna - Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ovqatlanish, bolalar va o`smirlar gigienasi kafedrasi mudiri, Farg`ona viloyati
Jalilov Shukurillajon Xudoyberdievich - Andijon shahridagi «Sog`lom turmush» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Abdiev Kadam Atabaevich - Urganch tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi feldsheri, Xorazm viloyati
Juraliev Muzaffar Juralievich - Bolalar milliy tibbiyot markazining kardiologiya bo`limi shifokori
Karimov Jurabek Sunatulloevich - Samarqand viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazining diagnostika bo`limi shifokor-surdologi
Muydinov Javlonbek Ibroximovich - Farg`ona viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazining kardioxirurgiya bo`limi mudiri
Murtazaev Jasur Bobonazarovich - Qarshi shahridagi «Nevromed shifo maskani» xususiy klinikasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
Muxammadieva Laziza Yarkulovna - Olmazor tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo ftiziatriya dispanseri ftiziatri, Toshkent shahri
Nasrieva Dilafro`z Savriddinovna - Vobkent tumanidagi «D.Boboqulov» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Buxoro viloyati
Nurullaev Nisbatullo Nasrulloevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo filiali kardioterapevtik reanimasiya bo`limi mudiri, Sirdaryo viloyati
Raximov Sherzodbek Alisherovich - Andijon tumanidagi «Malika laboratories» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
Raxmanova Dilbar Ibragimovna - Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo`limi shifokori
Abdusamatov Shovkat Abdumuxtorovich - Farg`ona shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Farg`ona viloyati
Avazov Ravshonbek Narimovich - Urganch shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Xorazm viloyati
Ishmuxamedov Xasan Tishabaevich -Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi haydovchisi
Kamalov Kosimbet Jamalovich - Nukus shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Qosimov Isomiddin Masaqulovich - Navbahor tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Navoiy viloyati
Nabiev Abdumalik Muydinovich - Namangan shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Namangan viloyati
Nazarov Arif Beknazarovich - Guliston shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Sirdaryo viloyati
Nazarov Panji Xollievich - Ko`kdala tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Qashqadaryo viloyati
Raxmatov Shuxrat Xoshimovich - Zangiota tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Toshkent viloyati
O`rinov Yoqubjon Jo`raevich - Qorako`l tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Buxoro viloyati
Xamidkulov Baxrom Saidovich - Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Jizzax viloyati
Sharipov Rustam Abduraximovich - Boysun tumani tibbiyot birlashmasining «Darband» hududiy tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Surxondaryo viloyati
Egamnazarov Shokir Normurotovich - Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Samarqand viloyati
Yusupov Baxodir Temirovich - Andijon shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi haydovchisi, Andijon viloyati
To`ymurodov Zafar Mardievich - Qo`shrabod tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo`limining sanitariya-gigiena laboratoriyasi shifokor-laboranti, Samarqand viloyati
Xolboev Ulug`bek Boboyarovich - Surxondaryo viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo`limi mudiri
Xushvaqtov O`tkir Shonazarovich - Navoiy viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazining jarrohlik bo`limi mudiri