AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet"ning ma`lum qilishicha, bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi.

Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Qoraqalpog`iston Respublikasida 17-22 m/s gacha, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 9-14° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar