Vodiyda kuzatilayotgan qalin tuman tufayli "Sankt Peterburg-Namangan" hamda "Moskva-Farg`ona" yo`nalishidagi samolyotlar Farg`ona va Namangan aeroportlariga qo`na olmagan.
Parvozlar Toshkent shahridagi Islom Karimov nomli xalqaro aeroportining zaxira aerodromiga yo`naltirildi. Bu haqda "Novosti Tashkentskogo Neba" telegram kanali xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, "O`zgidromet" bugun O`zbekistonning ba`zi hududlariga tuman tushishini prognoz qilgan edi.






