Toshkent shahridagi “O`zekspomarkaz”da 30-noyabrdan 2 dekabrga qadar CRAFT FAIR UZBEKISTAN - xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo`lib o`tadi.
Respublika "Hunarmand" uyushmasi ma`lumotiga ko`ra, tadbirda kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog`och o`ymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatyura kabi 20 dan ortiq milliy hunarmandchilik mahsulotlarining ko`rgazmalari tashkil etiladi.
Shunigdek, ettita xorijiy davlatlar - Rossiya, Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Afg`oniston, Pokistondan hunarmandlar ishtiroki rejalashtirilgan.
13.11.2022 16:09
Toshkentda xalqaro hunarmandchilik yarmarkasi bo`lib o`tadi






