Xorazmda imom-xatib jinoyatga qo`l urdi. Bu haqda viloyat prokuraturas xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Qo`shko`pir tumanidagi “Islom bobo” jome` masjidi imom-xatibi Q.I. masjidni yangidan hashar yo`li bilan qurilishi haqida og`zaki va ijtimoiy tarmoqlar orqali e`lonlar tarqatib, xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqarolardan 40,0 mln so`mdan ortiq pul mablag`larini yig`ib, masjid qurilishiga ishlatmasdan o`zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo`shko`pir tuman IIB tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.