AsosiyDunyo

Zelenskiy G20 sammitida ishtirok etishini tasdiqladi

'Zelenskiy G20 sammitida ishtirok etishini tasdiqladi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G20 sammitida ishtirok etish haqidagi ma`lumotni tasdiqladi. U o`zining “murojaati” tadbirda bo`lishini aytdi. Ukraina prezidentining matbuot kotibi Sergey Nikiforov avvalroq Zelenskiy onlayn formatda ishtirok etishini aytgan edi.

“Indoneziyada G20 sammiti bo`lib o`tadi va bizning pozisiyamiz taqdim etiladi. Hozir ko`tarilayotgan ko`plab savollarga javob beramiz. Butun xalqimiz, barcha hamkorlarimiz, bizni qo`llab-quvvatlayotgan har bir kishi eshitsin", - dedi janob Zelenskiy murojaatida.

G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Balida bo`lib o`tadi. Rossiya delegasiyasini tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taqdim etadi. Xabar qilinishicha, prezident Vladimir Putinning onlayn formatdagi nutqi varianti ko`rib chiqilgan. Biroq keyinroq Kreml davlat rahbari sammitda videoaloqa orqali ham ishtirok etmasligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar