Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida fuqaro iste`molga yaroqsiz yog` ishlab chiqarish sexini tashkil etgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, G`ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning "Buktaroy" mahallasida yashovchi fuqaro Sultan Star MChJ rahbari sifatida faoliyat yuritib, tumanning Bobog`ozi qishlog`ida joylashgan omborxona binosida iste`molga yaroqsiz yog` ishlab chiqarish sexini tashkil etgan holda noqonuniy faoliyat olib borayotgani fosh etilgan.
Tadbir davomida noqonuniy sexdan 40 litr paxta yog`i, 520 kilogramm texnik chigit mahsulotlari, 310 kilogramm kunjara va 2 komplekt Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan chigitni qayta ishlash uskunasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186/2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.






