AsosiyDunyo

Si Szinpin Bayden bilan uchrashish uchun Baliga keldi(video)

'Si Szinpin Bayden bilan uchrashish uchun Baliga keldi(video)'ning rasmi

Xitoy rahbari Si Szinpin mahalliy vaqt bilan dushanba kuni tushdan keyin Baliga etib keldi.

Xitoy markaziy televideniesining xabar berishicha, u erda tez orada AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi. 

Xabarlarga ko`ra, Xitoy rahbari 14-17 noyabr kunlari Balida qoladi.

AQSh va Xitoy rahbarlarining uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 14:30 da bo`lib o`tadi.

Oq uy manbasiga ko`ra, Bayden ushbu uchrashuvda Xitoy bilan aloqalarini mustahkamlash, ikki davlat o`rtasidagi raqobat nizoga aylanib ketmasligi uchun kafolatlar masalasini muhokama qilmoqchi.

Oq uy Baydenning ushbu uchrashuvdan ko`zlagan maqsadini ma`lum qildi. 

 

    Boshqa yangiliklar