AsosiyJamiyat

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasi yonib ketdi (video)

'Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasi yonib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasi yonib ketgani  aytilgan video xabar tarqaldi.

FVV Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, yong`in bugun, 14 noyabr kuni soat 13:52 da Andijon viloyati Oltinko`l tumani “Temirxo`ja” MFY Temirxo`ja ko`chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida sodir bo`lgan. 

Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:01 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:05 da qurshab olingan va soat 14:26 da o`chirilgan.

Yong`in natijasida shoxobchaning taxminan 75 kv.m maydonida ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar