AsosiyJamiyat

Xitoy va Yaponiya er talashmoqda

'Xitoy va Yaponiya er talashmoqda'ning rasmi

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Kambodjadagi Sharqiy Osiyo sammitida so`zlagan nutqida Xitoyni Tokioning Sharqiy Xitoy dengizidagi suverenitetini buzayotganlikda aybladi. Bu haqda zamon.uz yozmoqda.

Yaponiya rahbari, shuningdek, Tayvan atrofida barqarorlik mintaqa xavfsizligiga ta`sir qiluvchi muhim masala ekanini aytdi.
Eslatib o`tamiz, iyul oyi boshida Tokio Pekinga ikki Xitoy qirg`oq qo`riqlash kemasining Senkaku arxipelagiga yaqin suvlarga kirgani yuzasidan norozilik bildirgandi.

Arxipelag Yaponiya tomonidan nazorat qilinadi. Hukumat orollar tarix va xalqaro huquq nuqtai nazaridan Yaponiya hududining ajralmas qismi ekanligini ta`kidlaydi.

Xitoy bir necha bor Senkaku arxipelagi va unga tutash orollar qadim zamonlardan beri Xitoy hududi bo`lganligini va Pekin ular ustidan shubhasiz suverenitetga ega ekanligini rasman e`lon qilgan.

    Boshqa yangiliklar