Qo`shma Shtatlar Ukrainaning ishtirokisiz Rossiya Federasiyasi bilan muzokaralar olib bormaydi. Zamon.uz'ning ma`lum qilishicha, bu haqda AQSh prezidenti Jozef Bayden Balidagi matbuot anjumanida aytib o`tdi.
Amerika rahbariga jurnalistlar, shuningdek, Qo`shma Shtatlar Ukrainaning butun hududini ozod qilish uchun qo`llab-quvvatlashda davom etishi bilan bog`liq savollar bilan murojaat qilishgan.
“Bu Ukraina uchun muhim, ahamiyatli g`alaba. Men ukrain xalqi va harbiylarining jasorati, qat`iyati va qobiliyatini olqishlashdan boshqa hech narsa qila olmayman. Qo`shma Shtatlar Ukraina xalqiga o`z mudofaasi uchun imkoniyatlar yaratishda davom etadi. Va biz hech qanday muzokaralarda qatnashmoqchi emasmiz. Bu ukrainaliklar qabul qilishi kerak bo`lgan qaror”, - degan Bayden.
Shuningdek, Oq uy rahbari qish oylarida jang maydonida “biroz sekinlashuv” sezilarli bo`ladi, degan fikrni bildirgan.






