AsosiyJamiyat

O`zbekistoning 4 ta hududida noqonuniy er savdosi bilan bog`liq firibgarliklar aniqlandi

'O`zbekistoning 4 ta hududida noqonuniy er savdosi bilan bog`liq firibgarliklar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar R.X. va S.K. (muqaddam sudlangan) fuqaro G`.Gning ishonchiga kirib, unga Buxoro tumani “Bog`dasht” MFY hududidan “S.K” MChJga ko`p qavatli uy-joy kompleksi qurish uchun 1,12 gektar er maydonini ajratish to`g`risidagi qaror bekor qilingan bo`lsada, unga ushbu er maydonini 120 000 AQSh dollariga sotishlarini aytib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 70 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Departamentning Samarqand tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “A.S.” MChJ rahbari M.A. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga MChJga intensiv tokzorlar barpo qilish uchun ajratilgan 4 gektar er maydonini engil konstruksiyali issiqxona qurish uchun 50 000 AQSh dollariga sotishini aytib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Olmaliq shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Yu. boshqa bir fuqaro Sh.B.ga yuqori lavozimida ishlovchi tanishlari orqali o`zi raislik qilib kelayotgan “Z.” bog`dorchilik uzumchilik shirkatiga qarashli 20 sotix er maydoniga egalik qilish huquqini beruvchi order olib berish evaziga 23 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Marhamat tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.X. o`ziga M.Tojiboev massivida issiqxona qurish uchun ajratilgan 20 sotix er maydonining 4 sotixini tanishlari orqali fuqaro G.A.ning nomiga turar-joy qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga 7 200 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari  bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar