Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimi fermerga sholichilik faoliyati bilan shug`ullanishi uchun amaliy yordam berish evaziga undan 100 mln so`m pul talab qilgan.
Talab qilingan summani olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Bu haqda DXX matbuot xizmati Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






