AsosiyJamiyat

O`qishni ko`chirish bo`yicha arizalar 30 noyabrga qadar qabul qilinadigan bo`ldi

'O`qishni ko`chirish bo`yicha arizalar 30 noyabrga qadar qabul qilinadigan bo`ldi'ning rasmi

Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federasiyasining Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O`zbekiston fuqarolarining o`qishini O`zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko`chirishga ruxsat berilgan edi.

Keyinchalik Davlat komissiyasining 8-son bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O`zbekiston fuqarolarining ham o`qishini O`zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko`chirishga ruxsat berildi.

Shuningdek, Mazkur bayon bilan yuqorida qayd etilgan hududlardagi OTMlardan o`qishni ko`chirish bo`yicha arizalarni qabul qilish muddatlari 10 kunga uzaytirildi.

Mazkur hududlardagi OTMlardan O`zbekistondagi davlat OTMlariga o`qishini ko`chirish istagini bildirgan O`zbekiston fuqarolari 30 noyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar