Ijtimoiy tarmoqlarda bloger qizning odob-ahloq qoidalariga zid ravishda tasvirga olingan videosi tarqalib, keng muhokamaga sabab bo`lmoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 11 noyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudida S. S. (2001 yilda tug`ilgan) ga oid ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish ko`rib chiqilib, u Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan.
Ish hujjatlariga ko`ra fuqaro N. U. ning Mirobod tumani IIO FMB boshlig`iga yozgan ariza yuzasidan o`tkazilgan tekshiruv natijasida S. S. ijtimoiy tarmoqlarda odob-ahloq qoidalariga zid bo`lgan o`zining ishtirokidagi video va rasmlarni jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan joylashtirib, jamoat tartibini buzib, fuqarolarning o`rinli e`tirozlariga sababchi bo`lgan.
Sudning qarori bilan S. S. ga 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati (protesti) berilishi mumkinligi ma`lum qilinadi.






