Ijtimoiy tarmoqlarda o`qituvchi o`quvchilarni kaltaklab dars o`tayotgani aks etgan video tarqaldi. Aytilishicha, voqea Buxoro shahrida 4-sonli maktabda bo`lgan.
Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati ayni paytda jamoatchilik orasida ko`plab muhokamalarga sabab bo`layotgan ushbu video bo`yicha boshqarmasi tomonidan o`rganish ishlari olib borilayotganini ma`lum qildi.
O`rganish yakunlangach, holat bo`yicha batafsil ma`lumot berilishi ma`lum qilindi.






