Ukrainaga 15 noyabr kuni uchirilgan raketalarning ikkitasi Polsha hududiga tushdi. Bu haqda Polsat News xabar berdi.
Ayrim manbalarga ko`ra, raketalar Ukraina havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan. Snaryadlar Pshevodov qishlog`idagi don quritadigan moslamaning ichiga tushgan, hodisada ikki kishi halok bo`ldi. Voqea joyiga polisiya, prokuratura va harbiylar jalb qilindi.
Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski shoshilinch ravishda Vazirlar Kengashining Milliy xavfsizlik va mudofaa qo`mitasini chaqirdi. Yig`ilish o`tkazish sabablari esa oshkor etilmadi. Polsha harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlarini Tomashuv Lubelsk aerodromidan havoga ko`tarildi.
Pshevodov Ukraina bilan chegaradan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan. Polsha NATO a`zosi, bu hodisa mamlakatga hujum sifatida baholanadimi yoki yo`qmi hali aniq emas. NATO rahbariyati Rossiya va Ukraina o`rtasidagi urushda o`z askarlaridan foydalanmoqchi emasligini bir necha bor ta`kidlagandi.






