Toronto universiteti olimlari Ontariodagi oq dumli kiyikda SARS-CoV-2`ning yangi variantini aniqladilar va uni kiyikdan odamga yuqish holatini tasdiqladilar. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.
Yangi variant B.1 virusining avlodi bo`lib, u ajdodlariga nisbatan 76 ta ko`p mutasiyaga ega. Taqqoslash uchun: alfa, beta va delta variantlarida 24 dan 24 gacha bo`lgan.
Tadqiqotchilar, shuningdek, yangi variantning genetik ketma-ketligini Ontarioda bir vaqtning o`zida odamlarda topilganlar bilan solishtirishdi.
Ta`kidlanishicha, Kanada sog`liqni saqlash agentligi ovchilar va boshqa odamlarning yovvoyi tabiat bilan aloqa qilish xavfini kamaytirish bo`yicha yangi tavsiyalar bergan.
“Bularga tana go`shti bilan ishlashda tegishli shaxsiy himoya vositalarini kiyish, tana go`shtini ochiq havoda yoki yaxshi havo aylanadigan joyda saqlash, har qanday parazit, virus yoki bakteriyalarni o`ldirish uchun go`shtni 74°C haroratda pishirish kiradi”, deyiladi xabarda.






