AsosiyDunyo

AQSh bosh razvedkachisi Kievga bordi va Zelenskiyga rossiyalik hamkasbi bilan o`tkazgan muzokaralari haqida gapirib berdi

'AQSh bosh razvedkachisi Kievga bordi va Zelenskiyga rossiyalik hamkasbi bilan o`tkazgan muzokaralari haqida gapirib berdi'ning rasmi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Byorns seshanba kuni Kievga borgan. Bu haqda o`z manbalariga tayanib  The Washington Post xabar berdi, deya yozmoqda “zamon.uz”. 

Nashr ma`lumotlariga ko`ra, razvedka rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan. U Anqarada rossiyalik hamkasbi Sergey Narishkin bilan o`tkazilgan muzokaralar haqida ma`lum qilgan.

“Berns AQShning Ukrainaga Rossiya agressiyasiga qarshi qo`llab-quvvatlash tamoyiliga sodiq ekanini aytgan”, – degan WP manbasi.

 

Dushanba kuni AQSh va Rossiya bosh razvedkachilari Anqarada yopiq muzokara o`tkazdi. Vashington yadro xavfsizligi masalasi muhokama qilinganini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar