Xorazm viloyati Urganch shahrida ikki nafar fuqaro qo`lbola usulda tayyorlangan isitish qozonidan ajralib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 13 noyabr kuni soat 19:30 larda Xorazm viloyati Urganch shahridagi xonadonlardan birida ijara asosida yashovchi 2001 yilda tug`ilgan fuqaro D.S. va 2007 yilda tug`ilgan R.B. xonadonida o`rnatilgan qo`lbola usulda tayyorlangan isitish qozonidan ajralib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Eslatib o`tamiz, biroz avval Jizzaxda 63 yoshli ayol va uning ikki nevarasi is gazidan zaxarlanib vafot etgani haqida xabar bergan edik.