Ijtimoiy tarmoqlarda "Sangardak" mahallasida noma`lum shaxslar tomonidan bo`rining terisi shilib olinayotgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o`rganildi.
O`rganish davomida holat Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani "Sangardak" mahallasida yashovchi fuqaro T. F. tomonidan sodir etilgani ma`lum bo`ldi.
Fuqaro T.F bu harakati bilan O`zbekiston Respublikasi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi Qonunning 42-moddasi va “Ov qilish va ovchilik xo`jaligi to`g`risida”gi Qonunning 17, 27-moddalari talabini buzganligi sababli unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (3 mln) miqdorida jarima belgilandi.Shundan so`ng bu kabi holatlar yana sodir etilmasligi uchun "Sangardak" mahallasi aholi vakillari bilan profilaktik suhbatlar o`tkazilib, ularga tabiiy muhitda yashayotgan yovvoyi hayvonlarni ovlash, ularga ziyon etkazish tegishli qonunlarga asosan javobgarlikka tortilishi batafsil tushuntirildi.






