Bu bo`yicha prezident qarori belgilandi.
Prezidentning "Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror O`zbekistonda:
- kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish bo`yicha ekotizim yaratish;
- musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda o`tkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional kibersportga yo`naltirish;
- axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, bu sport turini quyidagi o`z ustuvor tomonlarini namoyon qilishga sharoit yaratadi:
- yoshlarni IKTga yanada yaqinlashtiradi, turli xil kompyuter dasturlar, texnologiyalar va chet tilini o`rganishga qiziqishini orttiradi;
- kibersport – bu ikkita odamning, ikkita jamoaning intellektual bahsi, musobaqasi va ularning barcha harakatlari boshqa sport turlaridagi kabi g`alabaga erishishga qaratilgan;
- aqliy qobiliyatni rivojlantirishga, tezda fikrlashga, mantiqiy bog`liqlikni ko`rishga, sergak bo`lishga, diqqatni jamlashga o`rgatadi;
- professional kibersportchilar doimo o`zining jismonan sog`lom bo`lib yurishiga alohida e`tibor qaratadi.
Ma`lum qilinishicha, Sport vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi kibersportni ommalashtirishga mas`ul organlar etib belgilanmoqda.
2. 2023 yildan boshlab har yili kibersport bo`yicha quyidagi musobaqalarni o`tkazish taklif etiladi:
a)aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati;
b)dekabr oyida “Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri;
v)iyun oyida “Yoshlar kubogi” turniri;
Bunda, IT-park tomonidan kibersport musobaqalarini o`tkazish bo`yicha maxsus portal ishlab chiqiladi.
3.“Uzbekistan Esports Championship” chempionati, “Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlari hamda boshqa musobaqalarda g`olib (sovrindor) bo`lgan kibersportchilarga bir yo`la beriladigan pul mukofoti va sovg`alar daromad tarkibiga kiritilmaydi va soliqqa tortilmaydi.
4. Kibersport klublariga ularning arenda xarajatlarini qoplashuchun hududiy “Yoshlar daftari” jamg`armalari mablag`lari hisobidan 3 oydavomida 15 mlnso`mgacha pulmablag`lariajratiladi. Bunda, mablag`larularga shartlar (kibersportchilarni tayyorlash, trener jalb qilish, musobaqalarda ishtirok etish) asosida beriladi.
5.Yashnobodda qurilayotgan Olimpiya shaharchasidakibersport bo`yicha musobaqalarni o`tkazish uchun Rossiya, Koreya va Xitoyning tajribasiga
asosan zamonaviy kiberzonani tashkil qilish taklif qilinmoqda. Kiberzona musobaqalar o`tkaziladigan arena, ularni yoritish studiyasi, o`quv-mashg`ulot markazi, kibersport mahsulotlarini reklama va realizasiya qilish shoxobchasidan iborat bo`ladi.
6.Kibersportda boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida:
a)kibersportni ommalashtirish bo`yicha idoralararo kengash(rahbarlari A.Ikramov va Sh.Shermatov) tashkil qilinmoqda;
b)Elektron kompyuter sporti federasiyasi faoliyatini kuchaytirish, ustavi, tuzilmasi va boshqaruv organlarini qayta ko`rib chiqish belgilanmoqda.
7. Kibersportni ommalashtirish chora-tadbirlar dasturitasdiqlanmoqda.
Dastur quyidagi asosiy chora-tadbirlarni o`z ichiga olgan:
a) kibersport ligasini tashkil qilish va kibersport klublari o`rtasida kibersport liga musobaqalarini tizimli ravishda o`tkazish;
b)“Kibersportchi” o`quv dasturini ishlab chiqish;
v)kibersportda “ping” muammosini bartaraf qilish;
g) milliy kibersport o`yinlarini yaratish va targ`ib qilish;
d) kibersport bilan shug`ullanayotgan yoshlarning sog`lom sport madaniyatini shakllantirish (faolligini oshirish va xotirasini yaxshilash, ko`ziga va tayanch-harakat apparatiga zarar etkazmaslik), ular tomonidan g`ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishni oldini olish.
8. Sohada kadrlarni tayyorlash va qo`llab-quvvatlash maqsadida:
a)Jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 o`quv yilidan boshlab “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat yo`nalishi ochilmoqda hamda o`qish muddati 3yiletibbelgilanmoqda;
b)“Uzbekistan Esports Championship” chempionatida oxirgi bir yilda g`olib (1-o`rin) bo`lgan sportchilar “Sport faoliyati: kibersport” yo`nalishiga ijodiy imtihonlarnitopshirishdan ozod qilinishi belgilanmoqda;
v)kibersport faoliyati o`zini o`zi band qiladigan shaxslar tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turi sifatida belgilanmoqda;
g)Jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida kibersport bo`yicha trenerlar,sharhlovchilar, hakamlarni qayta tayyorlash kurslari tashkil qilinmoqda;
d)Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (XALIKK-2020) kibersport treneri,kibersport hakamiva boshqakibersport mutaxassislari kiritilmoqda.
9. Hokimliklar tomonidan har bitta tumanda kibersportning kamida ikkita turini ommalashtirish bo`yicha “yo`l xaritalari” ishlab chiqiladi. Bunda, har yili bir marotaba “Jo`qorg`i Kenges Raisi kubogi” va “Hokim kubogi” turnirlari o`tkaziladi.






