AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovonida transportlar harakati davom etmoqda (video) "Pereval" yopilgani haqidagi xabar rad etildi.

'"Qamchiq" dovonida transportlar harakati davom etmoqda (video)  "Pereval" yopilgani haqidagi xabar rad etildi.'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qamchiq" dovoni yopilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabariga ko`ra, "Qamchiq" dovonida transport vositalari harakati davom etmoqda.

 

"Maxsus texnikalar yordamida yo`llar qordan to`xtovsiz tozalanmoqda. Dovon yo`lida transport vositalarining harakati bilan bog`liq xabarlarni rasmiy sahifalar orqali kuzatib boring", — deyiladi xabarda .

Mazkur yo`lda harakatlanuvchi barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlab, tezlikni me`yordan oshirmasdan, qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanish so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar