AsosiyJinoyat

Toshkentda terrorizmni moliyalashtirgan 29 yoshli yigit 10 yilga qamaldi (video)

'Toshkentda terrorizmni moliyalashtirgan 29 yoshli yigit 10 yilga qamaldi (video)'ning rasmi

Terrorizmni moliyalashtirgan shaxs 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 1993 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan fuqaro 2014 yilda o`qish vizasi bilan Koreya Respublikasiga boradi va keyinchalik turli zavodlarda ishlaydi. 2018 yilning o`rtalarida esa internet tarmog`i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar g`oyaviy rahnamolarining “hijrat”, “jihod”, “shahidlik” to`g`risidagi audio-video ma`ruzalarini tinglab, ularga xayrihohlik bildiradi hamda aqidaparastlik mazmunidagi materiallarni atrofdagilarga tarqata boshlaydi. 2020 yilda u O`zbekistonga qaytganidan keyin ham noqonuniy harakatlarini davom ettiradi. 

Hatto “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti a`zolarining virtual da`vatlari ta`sirida, yaqinlaridan yashirincha Suriyaga ketmoqchi bo`ladi. Lekin, maqsadi amalga oshmagach, jangarilarni moliyaviy qo`llab-quvvatlashni reja qiladi.

Shu tariqa u 2021-2022 yillar davomida o`zi va boshqa maslakdoshlarining jami 24 mln. 222 ming so`m miqdoridagi mablag`larini "moliyaviy jihod" sifatida xalqaro pul o`tkazmalari va elektron ilovalar orqali Suriyadagi jangarilarga yuboradi. Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qo`yildi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Sergeli tuman sudi tomonidan uning qilmishlariga huquqiy baho berildi. U Jinoyat Kodeksining 2441, 2442 va 1553-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar