AsosiyJinoyat

Navoiyda AQSh va Xitoyga yuborish uchun viza qilib bermoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

'Navoiyda AQSh va Xitoyga yuborish uchun viza qilib bermoqchi bo`lganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro S.A. fuqaro U.O.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali 5 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo`shma Shtatlariga yuborish uchun viza va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishini aytib, oldindan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Sergeli tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar E.X. va Sh.T. fuqaro F.O.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uning nomiga Xitoy Xalq Respublikasidan chaqiruv taklifnomasini yubortirish va ushbu davlatga kirish vizasini tayyorlab berishlari evaziga 700 AQSh dollari va 300 ming so`mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar