Prezident ta`lim muassasalari agentligi tomonidan tizimidagi ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari, psixologlar hamda tarbiyachi-pedagog va sinf rahbarlari uchun ilk marotaba uslubiy qo`llanmalar tayyorlandi. Bu haqda Agentlik direktori Hilola Umarova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma`lum qildi.
Ushbu uslubiy qo`llanmalar ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy va axloqiy tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil qilish, dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvar, barkamol avlodni tarbiyalash tamoyillarini o`rganish va o`rgatish yuzasidan tayyorlangan. Hozirgi jadal taraqqiyot – bugun tarbiyalanayotgan yosh avlodning kelgusidagi ma`naviy-axloqiy qiyofasini, shaklu-shamoyilini shakllantirishni taqozo etadi. Bunday sharafli vazifa yurtimizda uzluksiz ma`naviy tarbiya tizimi orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Taqdimoti o`tkazilgan ushbu uslubiy qo`llanmalar bugungi kunda Prezident ta`lim muassasalari agentligi veb saytiga joylashtirilgan bo`lib, undan barcha maktablar o`qituvchilari foydalanishlari mumkin.
17.11.2022 13:17
Yangi uslubiy qo`llanmalardan endi barcha o`qituvchilar foydalanishi mumkin






