14–16 noyabr kunlari poytaxtimizda o`tkazilgan Kichik yoshdagi bolalarga g`amxo`rlik qilish va ta`lim berish bo`yicha butunjahon konferensiyaning so`nggi kunida YuNESKOning Toshkent deklarasiyasi qabul qilindi.
Unda 2030 yilgacha bo`lgan davrda xalqaro miqyosda maktabgacha ta`lim sohasining asosiy tamoyillari belgilandi.
Hujjat konferensiya doirasidagi maslahatlashuv jarayoni orqali tayyorlangan va imzolangandan so`ng BMTning oltita rasmiy tiliga tarjima qilinadi hamda YuNESKOga a`zo davlatlarga tarqatiladi.
Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta`lim berish tizimini global o`zgartirish strategiyasining bir qismi sifatida Toshkent deklarasiyasida qator etakchi tamoyillar belgilandi. Ya`ni o`quv dasturlari va pedagogikaning sifati va dolzarbligini oshirish, barcha bolalar uchun teng va inklyuziv ta`lim xizmatlarini ta`minlash va favqulodda vaziyatlarda kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta`lim berishga kirish huquqlarini himoya qilish va kafolatlash.
Bu va boshqa qator vazifalar zamirida pedagog kadrlarni rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash, innovasiyalarni keng joriy etish, sohani davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash kabi fundamental omillar mujassam.
17.11.2022 13:27
YuNESKOning Toshkent deklarasiyasi qabul qilindi






