AsosiyJamiyat

Toshkentning ba`zi tumanlarida "svet" o`chdi

'Toshkentning ba`zi tumanlarida "svet" o`chdi'ning rasmi

Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta`minoti vaqtinchalik o`chirildi. Bu haqda "Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 18 noyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududidagi "Chinobod" sanatoriyasi binosida, Hasanboy mavzesining "Islomobod" MFY, "Yunusobod" va "Shahriston" MFYlari hamda Yunusobod 4, 5, 10-mavzelaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 09:30 dan 12:00 qadar vaqtinchalik o`chiriladi.

Tuman hududida joylashgan 110/35/10 kV bolgan yuqori kuchlanishli "Yunusobod" podstansiyasidan chiquvchi RP "Chimgan" taqsimlash punktidan taminlanuvchi quvvati 10 kV bolgan yuqori kuchlanishli er ostidan o`tgan elektr uzatish kabel tarmog`ining shikastlangan qismi ta`mirlanadi.

"Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini etkazib berish, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariya holatlarini oldini olish, hamda ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida mazkur hududlarda elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar kuzatiladi", deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda" Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta`minoti korxonasi tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko`rilib, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Hududdagi barcha brigadalar zarur himoya vositalari, zarur elektr qurilmalari hamda maxsus avtotransport vositalari bilan jihozlangan.

Shuningdek, ma`lumotlarga ko`ra, 18 noyabr kuni soat 07:30 da Yangihayot tumanining "Gulshanobod" hamda "Marhamat" MFYlaridagi ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi ta`minotida uzilish sodir bo`lgan.

Ma`lum qilinishicha, tuman hududida joylashgan 110/10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli "Istiqbol" podstansiyasidan chiquvchi quvvati 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli er ostidan o`tgan kabel tarmog`i shikastlangan. Hozirda tezkor avariyani bartaraf etish brigadalari tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog`ini ko`rikdan o`tkazish va nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar