Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP Fraksiyasining kengaytirilgan yig`ilishida “O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga tegishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritish tashabbusini muhokama qilib, deputatlar orasidan ishchi guruhi tuzilmoqda. Bu haqda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi Aktam Xaitov xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, qonun loyihasida Davlat bayrog`idan foydalanishdagi cheklovlarni olib tashlash, fuqarolarning erkin foydalanishi, egalik qilish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda.
Oddiy aytganda bu o`zgarishlardan keyin fuqarolar ham bayrog`imizga hurmat saqlagan holda o`z xonadonlariga ham ilish, ish joylarida erkin foydalanishi mumkin bo`ladi.
Bu orqali bayroq bo`yicha mavjud cheklovlar uchun belgilangan jazo masalasini ham qayta ko`rib chiqishga to`g`ri keladi.






