Samarqanddagi ”Ipak yo`li“ xalqaro turizm va madaniy meros universitetida taniqli fransuz haykaltaroshi, YuNESKOning madaniy diplomatiya bo`yicha maxsus elchisi Hedva Ser ishtirokida ”Tinchlik daraxti“ monumenti ochildi, deya xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.
Ochilish marosimida haykaltaroshning o`zi Hedva Ser (asosiy suratda markazda), YuNESKO Bosh direktori o`rinbosari Stefania Giannini, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligining parlamenti kotibi Niels Annen va O`zbekiston bosh vazir o`rinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov qatnashdi.
Bu kabi ”Tinchlik daraxti” monumenti Ozarbayjon, Qozog`iston, Isroil, Germaniya, Fransiya, Andorra, Gresiya, Malta, AQSh va yana 20 ga yaqin davlatda o`rnatilgan.
Dunyoda uchta etakchi din — yahudiylik, islom va nasroniylik timsollarini uyg`unlashtiruvchi ushbu san`at asari bronzadan yasalgan bo`lib, og`irligi 750 kilogrammga teng.






