"Iste`mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Prezident farmoni (PF–251-son, 17.11.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Farmonga ko`ra, Prezidentning tegishli Farmonida keltirilgan tovarlarga (jumladan, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin va boshqa) import bojxona bojining nol stavkasi qo`llanish muddati 2023 yil 1 iyulgacha uzaytirilib, mazkur ro`yxatga bug`doy uni yoki bug`doy-javdar uni ham kiritildi.






