Rossiya zarbalari oqibatida Ukrainada 10 million odam elektrsiz qoldi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.
“Mamlakatimizdagi ko`plab shahar va qishloqlarda yana favqulodda elektr tarmog`idan uzilish boshlandi. 10 millionga yaqin ukrainaliklar chiroqsiz qolmoqda”, — degan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.
Eng ko`p uzilishlar Xarkov, Jitomir, Kiev va Lvov viloyatlarida kuzatilgan. Bundan tashqari, butun Ukrain bo`ylab aloqa va internet tizimida muammo kuzatilmoqda.






