AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovonida yuk avtomobili ag`darilib, yo`lni berkitib qo`ydi(video)

'"Qamchiq" dovonida yuk avtomobili ag`darilib, yo`lni berkitib qo`ydi(video)'ning rasmi

Bu haqda FVV xabar berdi. avtohalokat bugun, 18 noyabr kuni soat 19:25 da "Qamchiq" dovonining 229,2 km yuz bergan.

"Toshkent-Vodiy" yo`nalishida harakatlangan "DAF" rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`lning o`ng tomoniga ag`darilgan va yo`lni berkitib shu yo`nalishdagi harakatni to`xtatib qo`ygan. Yuk mashinasida haydovchining o`zi bo`lgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Voqea joyiga zudlik bilan "Qamchiq"  Maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari etib borgan. Vaziyat oqibatlari maxsus texnikalar yordamida bartaraf etilgan.

Ta`kidlanishicha, dovon yo`li avtomobillar harakati uchun ochiq, ikki tomonlama harakat davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar