Mamlakatning bosh axborot agentligi "Kazinform"ning xabar berishicha, "Amanat" partiyasi Jamoatchilik siyosati instituti “Exit poll” xulosasiga ko`ra, amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart Toqaev Qozog`iston prezidentligi uchun bo`lib o`tgan saylovda 85,52 foiz ovoz to`plab, g`alaba qozongan. Qolgan nomzodlar natijasi quyidagicha:
Jiguli Dayraboev – 2,67 %
Karakat Abden – 2,61 %
Meyram Kajiken – 2,43 %
Nurlan Auesboev – 1,93 %
Saltanat Tursinbekova – 1,44 %
Saylovchilarning 3,4 foiziga hech qaysi da`vogar ma`qul kelmagan.
Ovoz berish jarayonida saylash huquqiga ega bo`lgan fuqarolarning 67,71 foizi qatnashgan.