Markaziy bankning pul agregatlari hisobotidagi ma`lumotlarga ko`ra, muomaladagi naqd pul miqdori 1 noyabr holatiga ko`ra, 43,778 trillion so`mga etgan.
Muomalaga chiqarilgan naqd pullar sentyabr oyida 42,303 trillion so`mga etgan bo`lsa, oktyabr oyidagi pul miqdori 43,786 trillion so`mga etdi. Qayd etilishicha, noyabr oyiga kelib bu ko`rsatkich 8 trillion so`mga kamayib, 43,778 trillion so`mni tashkil qilgan.
Shuningdek, 1 sentyabr holatiga ko`ra keng ma`nodagi pul massasi 9 trillion so`mga ko`payib, 168 trillion so`mga etdi. Oktyabr oyida esa bu ko`rsatkich 174,1 trillion so`m bo`lgan bo`lsa, noyabrga kelib keng ma`nodagi pul massasi 171,3 trillion so`mni tashkil etgan. Shu bilan birga, tor ma`nodagi pul massasi 80,4 trillion so`mni tashkil etdi.
Keltirilishicha, 1 noyabr holati bo`yicha, milliy valyutadagi pul massasi 124,7 trillion so`mni tashkil etdi.
Avvalroq O`zbekistonning xalqaro zaxiralari noyabr oyiga kelib kamaygani haqida xabar berilgandi.






